Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.
Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting